O‘zbekiston TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari Bag‘dodda Iroq tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi
Oktabr 18, 2026. 18:00 • 53 soniya
• 128
TOSHKENT, 18-oktyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev kecha Bag‘dodda Iroq tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muhammad Husayn Muhammad Bahrul Ulum bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv davomida siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va ishbilarmonlik aloqalarini faollashtirish masalalariga asosiy e’tibor qaratildi.
Tomonlar BMT, IHT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashib, tashabbuslarni o‘zaro qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar bo‘yicha yondashuvlarni muvofiqlashtirish muhimligini ta’kidladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi