O‘zbekiston TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari Bag‘dodda Bangladesh tashqi ishlar davlat vaziri bilan uchrashdi
Oktabr 18, 2026. 18:30 • 55 soniya
• 125
TOSHKENT, 18-oktyabr. /“Dunyo” AA/. Bugun Bag‘dod shahrida Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 52-sessiyasi doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev va Bangladesh tashqi ishlar davlat vaziri Humoyun Kabir o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida tomonlar O‘zbekiston–Bangladesh munosabatlarini yanada rivojlantirish istiqbollarini ko‘rib chiqdi. Bunda savdo-iqtisodiy aloqalar hamda investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi muloqotni faollashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar, jumladan, BMT, IHT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi