Britaniyalik investor O'zbekistonda chiqindilarni qayta ishlash loyihasini amalga oshirishi mumkin
Avgust 21, 2025. 07:16 • 51 soniya
• 67
LONDON, 21-avgust. /"Dunyo" AA/. Toshkent shahar hokimi o'rinbosari Abdulaziz Israilov boshchiligidagi delegatsiya London shahriga safari davomida britaniyalik investor ser Garri Janogli bilan muzokara o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish, xususan, Toshkent shahrida investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qilindi.
Britan tomoni O'zbekistonda oxirgi yillarda investitsiya muhitini yaxshilash, biznes yuritishdagi byurokratik to'siqlarni kamaytirish va iqtisodiyotni liberallashtirish bo'yicha amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar bilan tanishdi. Ayniqsa, xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar alohida ta'kidlandi.
Toshkent shahrida qurilish sohasida va maishiy chiqindilarni qayta ishlash bo'yicha qo'shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Ser Garri Janogli mazkur sohada yuqori investitsiyaviy salohiyat mavjud ekanini aytish barobarida, o'zi rahbarlik qiladigan kompaniyalar O'zbekistonda ana shunday loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlarini o'rganishga tayyor ekanligini bildirdi.
Tomonlar mazkur tashabbus nafaqat ekologik barqarorlikni ta'minlash, balki yangi ish o'rinlarini yaratish, zamonaviy texnologiyalarni O'zbekistonga jalb etish va atrof-muhitga mas'uliyatli yondashuvni rivojlantirishga xizmat qilishi ta'kidladilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi