O‘zbekiston Prezidenti poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Ispaniya Qiroli Felipe VI nomiga hamdardlik yo‘lladi

Oktabr 28, 2026. 21:00 • 53 soniya

• 81
O‘zbekiston Prezidenti poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Ispaniya Qiroli Felipe VI nomiga hamdardlik yo‘lladi

TOSHKЕNT, 28-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Toledo provinsiyasida poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Ispaniya Qiroli Felipe VI nomiga hamdardlik yo‘lladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Davlatimiz rahbari Ispaniya xalqiga, halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirib, jarohatlanganlar tezroq sog‘ayib ketishini tiladi”, – deb yozdi O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining telegram-kanalida.

BBC saytidan olingan surat

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish