Logo

Londonda "O'zbekiston investorlar kuni" bo'lib o'tdi

Aprel 04, 2025. 10:02 • 41 soniya

191
Londonda "O'zbekiston investorlar kuni" bo'lib o'tdi

LONDON, 4-aprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Iqtisodiyot va moliya vaziri maslahatchisi Jasur Qarshibayev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasining London safari tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri. 

Safar davomida xorijiy moliya institutlar va xalqaro fondlar vakillari ishtirokida "O'zbekiston investorlar kuni" mavzusidagi biznes-forum o'tkazildi.

Tadbir davomida O'zbekistonning tarmoq korxonalari, moliya institutlari hamda kapital bozor ekosistemasi yo'nalishlarida oshirilayotgan islohotlar to'g'risida taqdimotlar o'tkazildi.

Britaniya vakillariga O'zbekistonda xorijiy investorlarga berilayotgan imkoniyatlar, mavjud erkin va iqtisodiy zonalar faoliyati, xalqaro moliya tashkilotlari to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.

Shuningdek, forum doirasida Britaniya kompaniyalari rahbarlari bilan alohida muzokaralar, G2B va B2B shakllardagi uchrashuvlar o'tkazildi. Ularda hamkorlik istiqbollari va qo'shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Iqtisodiy tadbir yakunida, amalga oshiriladigan investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarga xorijiy kompaniyalar va xalqaro moliya institutlari mablag'larini jalb qilish hamda bondlar chiqarish bo'yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish