MashuKomazaki: O‘zbek tili –xalqning boy tarixi, o‘ziga xos madaniyati va bebaho ma’naviy merosidir
Oktabr 21, 2026. 08:10 • 2 daq
• 4
TOKIO, 21-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston madaniyat elchisi, taniqli yaponiyalik xonanda va musiqachi Mashu Komazaki “Dunyo” axborot agentligiga bergan intervyusida xalqimizni 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan tabrikladi.
–Assalomu alaykum, aziz o‘zbekistonliklar.
Hozirda O‘zbekistonning Yaponiyadagi madaniyat elchisi sifatida Toshkentdagi Yunus Rajabiy nomidagi Milliy musiqa va ijrochilik san’ati institutida dutor chalishni o‘rganyapman.
Barcha o‘zbekistonliklarni 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman.
O‘zbek tili xalqning boy tarixi, o‘ziga xos madaniyati va bebaho ma’naviy merosidir. O‘zbek tilini o‘rganib, milliy musiqangiz bilan tanishar ekanman, o‘zbek xalqining an’analari, qadriyatlari va qalb go‘zalligini yana-da chuqurroq kashf etmoqdaman.
O‘zbek tili xalqlarni yanada jipslashtirsin, O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlasin hamda madaniy almashinuv uchun yangi imkoniyatlar ochsin.
Bayramingiz bilan yana bir bor tabriklayman.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi