Logo

O'zbekiston delegatsiyasi Rimda Qishloq xo'jaligini rivojlantirish xalqaro jamg'armasi vitse-prezidenti bilan uchrashdi

Noyabr 07, 2025. 17:32 • 31 soniya

149
O'zbekiston delegatsiyasi Rimda Qishloq xo'jaligini rivojlantirish xalqaro jamg'armasi vitse-prezidenti bilan uchrashdi

RIM, 8-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston qishloq xo'jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov va tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova Italiya poytaxtida Qishloq xo'jaligini rivojlantirish xalqaro jamg'arma (IFAD) vitse-prezidenti Donald Braun bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati, uni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo'nalishlari batafsil muhokama qilindi.

Qishloq xo'jaligiga investitsiyalarni jalb qilish, qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish, agrar sohaga zamonaviy innovatsion loyihalarni joriy etish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Uchrashuv ishtirokchilari sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va yangi qo'shma loyihalarni amalga oshirishdan o'zaro manfaatdor ekanini tasdiqladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish