O'zbekiston Prezidentining maxsus vakili va Qatar elchisi Afg'oniston bo'yicha Doxada bo'lib o'tadigan uchrashuv masalalarini muhokama qildilar
Fevral 16, 2024. 09:54 • 38 soniya
• 192
TOSHKENT, 16-fevral. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidentining Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev kecha Qatar elchisi Hasan Hamza Asad Muhammad Hoshim bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, tomonlar Afg'oniston bo'yicha O'zbekiston-Qatar hamkorligining bugungi holatini muhokama qildilar. Bu yo'nalishda muntazam muloqotni davom ettirishdan o'zaro manfaatdorlik ta'kidlandi.
Suhbat chog'ida joriy yilning fevral oyida Qatar poytaxti Doxa shahrida BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish raisligida bo'lib o'tadigan Afg'oniston bo'yicha maxsus vakillarning uchrashuviga alohida e'tibor qaratildi.
Ushbu tadbir jahon hamjamiyatining Afg'onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo'yicha samarali yechimlarni taklif etish va harakatlarini muvofiqlashtirish, afg'on xalqiga insonparvarlik yordami ko'rsatishda muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi.
"Dunyo" AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi