Logo

"India Blooms": Samarqand YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga mezbonlik qiladi

Oktabr 27, 2025. 18:24 • 59 soniya

82
"India Blooms": Samarqand YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga mezbonlik qiladi

DEHLI, 27-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Hindistonning "India Blooms" yangiliklar portali tarixiy Samarqand shahrida 2025-yil 30-oktyabr - 13-noyabr kunlari bo'lib o'tadigan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga bag'ishlangan maqola chop etdi, deya xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashr ushbu voqeaning tarixiy ahamiyatini ta'kidlab, BMT madaniy tashkilotining asosiy tadbiri 40 yildan ortiq vaqt davomida ilk bor uning Parijdagi bosh qarorgohidan tashqarida uyushtirilayotganiga e'tibor qaratgan. So'nggi marta YUNESKO Bosh konferensiyasining safar formati 1985 yilda Sofiyada (Bolgariya) bo'lib o'tgan.

Maqola muallifi Bosh konferensiyaning Samarqandda tashkil etilayotgani shaharning qadimiy tarixi, uning Buyuk ipak yo'lidagi alohida roli va boy madaniy merosining xalqaro e'tirofi hisoblanadi, deb yozgan.

"India Blooms" konferensiya ta'lim, fan, madaniyat va kommunikatsiya sohalaridagi global siyosat va tashabbuslarni muhokama qilish uchun 190 dan ortiq a'zo davlat vakillarini birlashtirishini qayd etgan. Tadbirga 5 mingdan ortiq ishtirokchi tashrif buyurishi kutilayotganini ma'lum qilgan.

Hindiston nashridagi maqola yakunida "Ushbu tadbir xalqaro darajada madaniy almashinuv va barqaror rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish uchun noyob maydoncha taqdim etadi. Global madaniy muloqot o'chog'iga aylangan Samarqand jahon madaniyati va fanining muhim markazi sifatidagi o'z rolini yana bir bor tasdiqlaydi", – deb yozilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish