Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasning 43-sessiyasiga tayyorgarlik ishlari yakunlanmoqda
Oktabr 29, 2025. 09:51 • 35 soniya
• 143
SAMARQAND, 29-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga so'nggi tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda, ushbu sessiya so'nggi qirq yil ichida birinchi marotaba Parijdan tashqarda o'tkazilmoqda, deb xabar beradi "Dunyo" AA muxbiri qadimiy shahardan.

Ushbu nufuzli xalqaro tadbir arafasida YUNESKO Yoshlar forumi bo'lib o'tdi. Bu 1999 yildan beri ikki yilda bir marta o'tkaziladigan yosh yetakchilar muloqoti uchun an'anaviy maydon hisoblanadi.
30 oktyabr kuni YUNESKO Bosh konferensiyasining tarixiy ahamiyatga ega bo'lishi kutilayotgan 43-sessiyasi o'z ishini boshlaydi.
Forumning asosiy voqealaridan biri Xolid al-Enaniyning YUNESKOning 12-bosh direktori lavozimiga tasdiqlanishi bo'ladi. U ushbu nufuzli xalqaro tashkilotga rahbarlik qilgan arab dunyosining birinchi vakili sifatida tarixga kiradi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi o'z ishini rasman yakunladi