O'monning ommabop telekanalida O'zbekistonning boy madaniy merosiga bag'ishlangan hujjatli film namoyish etildi
Yanvar 02, 2024. 13:42 • 45 soniya
• 169
MASKAT, 2 yanvar. /"Dunyo" AA/. O'monning ommabop «Al Roya TV» telekanalida «Markaziy Osiyoda joylashgan ilm-fan zamini O'zbekistonning betakror tabiati va tarixiy qadamjolari» nomli hujjatli film namoyish etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Telekanal muxbirlari Ibrohim al-Hodi va Ismoil al-Harsi tomonidan suratga olingan mazkur videofilmda O'zbekistonning boy madaniy va tarixiy merosi, zamonaviy rivojlanishi va sayyohlik salohiyati keng yoritilgan.
«O'zbekistonning baland qorli tog' cho'qqilaridan turib pastga nazar tashlasangiz, mamlakatning go'zal manzaralari, daryo va bog'lari hamda jadal rivojlanayotgan zamonaviy hayotidan zavq olishingiz mumkin, - deyiladi filmda. - Toshkent, Samarqand, Xiva kabi qadimiy shaharlar o'zining tarixiy obidalari va qadamjolari bilan butun dunyodan sayyohlarni faol jalb etib kelmoqda».
Hujjatli film mualliflari aytganidek, Markaziy Osiyo mintaqasining qoq markazida joylashgan O'zbekiston jahon sivilizatsiyasiga munosib hissa qo'shgan ko'plab buyuk olimlar yurti hamdir. Ular o'z kashfiyotlari bilan insoniyat ilm-fani va madaniyatiga salmoqli ulush qo'shgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi