Logo

Misr delegatsiyasi Samarqandda bo'lib o'tadigan Imom Moturidiy merosiga bag'ishlangan xalqaro anjumanda ishtirok etadi

Aprel 25, 2025. 16:33 • 41 soniya

99
Misr delegatsiyasi Samarqandda bo'lib o'tadigan Imom Moturidiy merosiga bag'ishlangan xalqaro anjumanda ishtirok etadi

QOHIRA, 25-aprel. /"Dunyo" AA/. Joriy yilning 29-30-aprel kunlari Samarqand shahrida "Moturidiylik – bag'rikenglik, moʻtadillik va ma'rifat ta'limoti" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekistonning Qohiradagi elchixonasi ma'lumotiga ko'ra, mazkur xalqaro tadbirda Misr vakillari faol ishtirok etadi.

 Xususan, Misr vaqf ishlari vaziri Usoma al-Azhariy, Bosh muftiy Nazir Ayyod va Al-Azhar Ulamolar kengashi a'zosi Ali Jum'a Samarqand shahriga kelishi rejalashtirilgan.

 Misr  rasmiy vakillarining tashrifi yurtimizning xalqaro miqyosda nufuzi oshib borayotgani, so'nggi yillarda O'zbekiston-Misr hamkorligi barcha sohalarda rivojlanayotgan bir davrda, ma'rifiy sohadagi o'zaro muloqot ham do'stona ruhda amalga oshirilayotganining yaqqol isbotidir.

Ta'kidlash joizki, mamlakatimizda diniy-ma'rifiy sohada olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar jamiyat taraqqiyoti va farovonligi, millatlararo va dinlararo o'zaro bag'rikenglik va totuvlikni ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish