Xitoydan munosabat: O'zbekiston Prezidentining BMT minbaridan iqlim o'zgarishi va suv inqiroziga e'tibor qaratishga chaqirig'i global ahamiyatga ega
Sentabr 30, 2025. 16:04 • 3 daq
• 50
PEKIN, 30-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Xitoy ilm-fan doiralari vakillari "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasidagi nutqi haqidagi fikrlarini bildirdi.

Van Sinlan, Pekin universiteti Yangi tizimli iqtisodiyot instituti tadqiqotchisi:
– O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasidagi nutqi ushbu yig'ilishning yorqin voqealaridan biri bo'ldi. Davlat rahbarining chiqishi chuqur taassurot qoldirib, mamlakatning kelajakdagi strategik yo'nalishi va uning jahon jarayonlaridagi o'rnini namoyon etdi.
Davlatingiz rahbari O'zbekistonning barqaror rivojlanish, ijtimoiy siyosat va mintaqaviy integratsiya sohalaridagi ustuvor yo'nalishlarini aniq bayon qildi. Kambag'allikni qisqartirish, ta'lim va sog'liqni saqlash tizimini rivojlantirish, kichik va o'rta biznesni qo'llab-quvvatlash hamda innovatsion tarmoqlarni faol rivojlantirish borasidagi O'zbekistonda erishilgan amaliy yutuqlarni alohida ta'kidlandi. Bu natijalar uzoq muddatli barqaror o'sish uchun mustahkam zamin yaratdi.
Alohida e'tiborga sazovor yo'nalishlardan biri – bu transport bog'lanishini kuchaytirish tashabbusi bo'ldi. Prezident Shavkat Mirziyoyev "Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun transport bog'lanishini kuchaytirish" tashabbusini ilgari surdi. Barqaror va xavfsiz ta'minot zanjirlari jahon iqtisodiyotining asosiy omili bo'lib qolayotgan bir paytda, bu taklif strategik ahamiyatga ega.
O'zbekiston Prezidenti, shuningdek, yoshlar va ayollarning bugungi jamiyatdagi o'rniga to'xtalib, ularning imkoniyatlarini kengaytirish zarurligini ta'kidladi. Tajriba almashish va global chaqiriqlarga birgalikda javob berish uchun maxsus platforma yaratishni taklif etdi.
Bu O'zbekiston faqat mintaqaviy hamkor bo'lib qolmasdan, ochiq hamkorlikka tayyor xalqaro sherik bo'lishga intilayotganini yana bir bor isbotladi.
Davlatingiz yetakchisining nutqi konstruktiv va tinchlikparvar siyosatning yorqin namunasi bo'ldi. O'zbekiston xalqaro muloqotda faol ishtirok etish, jahon tinchligi, barqarorligi va farovonligiga hissa qo'shishda qat'iy irodasini namoyon etdi.
Ma Fanfan, Pekin Til va madaniyat universiteti professori:
– BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi katta ahamiyatga ega bo'lgani uchun, Prezident Shavkat Mirziyoyevning nutqiga alohida e'tibor qaratdim. Mintaqaviy tinchlik, qashshoqlikni kamaytirish, ta'lim, sog'liqni saqlash tizimini rivojlantirish va yashil energetikaga o'tish haqidagi fikrlari juda taassurotli bo'ldi.
Prezidentingiz O'zbekistonning kambag'allikni qisqartirishdagi yutuqlarini alohida ta'kidladi. So'nggi yillarda kambag'allik darajasi 35 foizdan 6,6 foizgacha qisqardi. Bu, shubhasiz, dunyoda kambag'allar sonini kamaytirishdagi muhim burilishdir. Bunga ta'lim sohasidagi yutuqlar ham sabab bo'ldi. Maktabgacha ta'lim qamrovi 27 foizdan 78 foizgacha, oliy ta'lim qamrovi esa 9 foizdan 42 foizgacha oshdi. Bunday e'tiborga molik natijalar O'zbekistonning amaliy harakatlari orqali BMT Barqaror rivojlanish maqsadlariga javob berayotganini va "Kelajak paktiga qat'iy amal qilayotganini ko'rsatmoqda.
O'zbekiston qo'shma investitsiya fondlarini yaratish, chegaraoldi savdo va sanoat zonalarini rivojlantirish, yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirmoqda. Mintaqaviy tashkilotlar va davlat rahbarlari sammitlari doirasidagi hamkorlik orqali integratsiyaning samarali mexanizmi shakllanmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirishning muhim vositasiga aylandi va tinchlik hamda taraqqiyotni mustahkamlashning yorqin amaliy namunasi bo'ldi.
O'zbekiston Prezidenti, shuningdek, iqlim o'zgarishi va suv inqiroziga e'tibor qaratishga chaqirib, barqaror rivojlanish muhimligini ta'kidladi. Markaziy Osiyoning eng og'ir muammolaridan biri bu – suv resurslari tanqisligidir. Bugungi kunda dunyoda 2 milliarddan ortiq inson toza ichimlik suviga ega emas.
Bu jiddiy muammoni hal qilish uchun keng xalqaro hamkorlik
va muvofiqlashtirilgan siyosat yaratishni taklif etdi. Ushbu tashabbuslar O'zbekistonning BMT barqaror rivojlanish konsepsiyasiga qo'shgan hissasi bo'lib, Xitoy yondashuvlari bilan hamohangdir.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari