Logo

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Qohirada “Al-Azhar” majmuasi rahbari bilan uchrashdi

Dekabr 09, 2025. 12:34 • 39 soniya

94

TOSHKENT, 9 dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qohirada “Al-Azhar” majmuasi rahbari shayx Ahmad Muhammad Tayyib bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Bugun Qohirada Misr Bosh imomi, “Al-Azhar” majmuasi rahbari shayx Ahmad Muhammad Tayyib bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, - deb yozdi 8-dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining telegram-kanalida. - Shayx hazratlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdim.

O‘zbekiston bilan Misr o‘rtasida maʼnaviyat va fan-taʼlim sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashdik. Maʼrifatli islom g‘oyalarini targ‘ib etish va yoshlarni radikallashuvdan himoya qilishda yaqindan hamkorlik qilish muhimligi qayd etildi.

Qo‘shma dasturlar, akademik almashinuvlar va qo‘lyozmalarni o‘rganishni kengaytirish borasida o‘zaro manfaatdorlik bildirildi”.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish