Logo

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari va Yaponiya elchisi bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvalini muhokama qildilar

Dekabr 06, 2025. 10:56 • 36 soniya

134
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari va Yaponiya elchisi bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvalini muhokama qildilar

TOSHKENT, 6-dekabr. /“DunyoAA/. Joriy yilning 4 dekabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Yaponiya elchisi Kenji Hirata bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, yapon diplomati lavozimiga rasman kirishishi munosabati bilan yo‘llangan tabriklar uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, savdo, investitsiyalar, energetika, infratuzilma, taʼlim va madaniyat sohalarida hamkorlikni har tomonlama kengaytirish yo‘lida saʼy-harakatlarini davom ettirishga tayyor ekanini taʼkidladi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar O‘zbekiston–Yaponiya hamkorligining joriy kun tartibidagi dolzarb masalalarini, shuningdek, yaqin istiqbolda rejalashtirilgan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama qo‘shma tadbirlar jadvalini muhokama qildilar.

“Dunyo” AA olgan rasm

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish