Logo

Xitoydan munosabat: O'zbekiston Prezidentining BMTdagi nutqi mamlakatning xalqaro hamjamiyat bilan har tomonlama strategik sherikligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi

Sentabr 28, 2025. 11:55 • 2 daq

33
Xitoydan munosabat: O'zbekiston Prezidentining BMTdagi nutqi mamlakatning xalqaro hamjamiyat bilan har tomonlama strategik sherikligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi

GUANCHJOU, 28-sentyabr. /"Dunyo" AA/. "NanFang Economic and Trade Group" bosh direktori Gao Fen (Xitoy) "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasidagi nutqida ilgari surilgan tashabbuslarning ahamiyati haqidagi fikrlarini bildirdi:

– O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT minbaridagi nutqini katta qiziqish bilan o'qib chiqdim. Avvalo, davlatingiz rahbari nutqining strategik teranligi va konstruktiv ohangini alohida ta'kidlamoqchiman. Prezident Shavkat Mirziyoyev nafaqat mamlakat tashqi va ichki siyosatining asosiy yo'nalishlarini aniq belgilab berdi, balki dolzarb dolzarb masalalar bo'yicha aniq, pragmatik takliflar bildirdi. O'zbekistonning jahon miqyosidagi o'rni va mas'uliyati tobora ortib borayotganini namoyish etdi.


Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlashga chaqiriq, jumladan, ekologik muammolarni birgalikda hal etish, suv resurslarini oqilona boshqarish, transport yo'laklarini rivojlantirish va mintaqada demografik barqarorlikni ta'minlash bo'yicha e'lon qilingan tashabbuslar butun Yevroosiyo mintaqasi barqarorligi va rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega.


"Yashil" kun tartibi va raqamli transformatsiyaga e'tibor qaratilayotganini juda qadrlayman. O'zbekiston BMT homiyligida Markaziy Osiyoda "Yashil" texnologiyalar mintaqaviy markazini tashkil etish tashabbusi bilan chiqqani mamlakat rahbariyatining uzoqni ko'zlab, innovatsion, barqaror rivojlanish modeliga intilishidan dalolat beradi.


Prezident Shavkat Mirziyoyevning nutqi mamlakatning xalqaro hamjamiyat bilan har tomonlama strategik sherikligini yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonchim komil.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish