Bishkekdan munosabat: O'zbekiston Prezidenti BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar forumlarida Markaziy Osiyo kun tartibini izchil targ'ib etib kelmoqda
Sentabr 25, 2025. 16:42 • 2 daq
• 75
BISHKEK, 25-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Qirg'iziston Jahon siyosati instituti direktori Sheradil Baqtigulov "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasidagi nutqida ilgari surilgan tashabbuslarning ahamiyati haqidagi fikrlarini bildirdi:

– O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining Nyu-Yorkda bo'lib o'tgan 80-yubiley sessiyasidagi nutqida, shuningdek, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari, xalqaro moliya institutlari va yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar chog'ida ilgari surilgan takliflari adolatga intilish va o'z mamlakati hamda boshqa xalqlar manfaatlariga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, O'zbekiston rahbarining tashabbus va takliflari Markaziy Osiyo uchun muhim ahamiyatga ega. Bu tashabbuslar o'z mamlakati va mintaqasi manfaatlarini ilgari surish bilan uyg'unlashgani bilan ham ahamiyatlidir.
Fuqaro aviatsiyasi, sog'liqni saqlash, tog'-kon sanoati, moliya, innovatsiyalar, kimyo va farmatsevtika sanoatida umumiy qiymati 100 milliard dollardan ortiq bo'lgan shartnomalar va istiqbolli loyihalar portfelining shakllantirildi. Bu O'zbekiston tashqi iqtisodiy siyosatidagi haqiqiy yutuqni ifodalaydi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar forumlarida Markaziy Osiyo kun tartibini izchil targ'ib etib kelayotganini ham alohida ta'kidlash joiz.
O'zbekiston Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish va umumiy mintaqamizning geosiyosiy mavqeini oshirishga salmoqli hissa qo'shmoqda. Yaqin kunlarda Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi bo'lib o'tishini hisobga olsak, bu muhim voqeadir.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari