Shanxaydan munosabat: Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida qarorlar qabul qilishda O'zbekistonning ovozi muhim ahamiyatga ega bo'lib bormoqda
Oktabr 09, 2025. 09:35 • 3 daq
• 80
SHANXAY, 9-oktyabr /"Dunyo" AA/. Shanxay Ijtimoiy fanlar akademiyasi Rossiya va Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi professori Pan Davey "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonning Gabala shahrida bo'lib o'tgan Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammitidagi ishtiroki haqida fikrlarini bildirdi.

– Gabala sammiti eng muhim jihatni, ya'ni tashkilot ramziy platforma bo'lishni to'xtatdi va amaliy ish bosqichiga o'tganini tasdiqladi. Bunday sharoitda O'zbekistonning roli sezilarli darajada oshdi. O'sib borayotgan iqtisodiyoti va qulay geografiyasiga ega mintaqaning eng ko'p aholisi bo'lgan mamlakati sifatida Toshkent nafaqat mavjud formatlarga moslashmoqda, balki savdo va transportdan tortib, ta'lim va atrof-muhitga qadar kun tartibini belgilamoqda. Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida O'zbekistonning ovozi muhim qarorlarni qabul qilishda muhim ahamiyatga ega bo'lib bormoqda.
O'zbekiston tobora ko'proq tranzit yo'lagi sifatida emas, balki TDT va Yevropa bozorlariga chiqadigan mahsulotlarni yig'ish va ishlab chiqarish mamlakati sifatida qaralmoqda. Bunga "Xitoy – Qirg'iziston – O'zbekiston" temir yo'li qurilishini yo'lga qo'yish borasidagi sezilarli muvaffaqiyatlar va "O'rta koridor" bo'ylab yuk tashish hajmining jadal sur'atlarda o'sib borayotgani yordam bermoqda. Loyihalar muhokama bosqichidan amaliy, aniq amalga oshirish qarorlariga o'tdi. Pekin uchun bu yana-da ishonchli, ko'p qirrali yo'nalishlar hamda Toshkent bilan sanoat va transport hamkorligi bo'yicha mustahkamlangan sheriklikni anglatadi.
Yangi O'zbekiston ko'p qutbli faol tashqi siyosat olib borish va mintaqaviy muloqot maydonchalarini yaratish orqali bevosita TDTning ahamiyatini oshirmoqda, ularni ramziy forumdan mintaqaviy integratsiyaning amaliy vositasiga aylantirmoqda. Aniq iqtisodiy natijalarga e'tibor qaratish va biznes uchun qulay sharoitlar yaratish bo'yicha tizimli sa'y-harakatlar turkiy vektorni yaqin yillarda respublika iqtisodiy o'sishining asosiy omillaridan biriga aylantirishi mumkin.
Rasmiy Toshkent tashkilotning ko'p tomonlama loyihalarida ishtirokini kuchaytirib, hamkorlikka har tomonlama yondashayotganini namoyish etmoqda. Mamlakatda gumanitar, ta'lim va ekologik loyihalar ham faol rivojlanmoqda, bu turkiy dunyoning umumiy madaniy va sivilizatsiya makonini mustahkamlashga xizmat qilayotir.
Shu bilan birga, TDT va Xitoy kun tartibida uchta yo'nalishni alohida qayd etish kerak, deb o'ylayman. Birinchidan, O'zbekiston hududlarida TDT mamlakatlariga eksport qilish uchun mahsulotlarni yig'ish va qayta ishlash uchun aniq qoidalar va tezkor ruxsatnomalar bilan sanoat maydonchalarini ishga tushirish kerak. Ikkinchidan, TURK-TRADE platformasini Xitoyning yetakchi onlayn savdo platformalari bilan o'zaro bog'lanish orqali raqamli savdoni rivojlantirish lozim. Uchinchidan, shaffof emissiya hisobi va o'zaro sertifikatlash bilan "yashil" ta'minot zanjirlarini muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, valyuta va logistika xavfini kamaytirish uchun milliy valyutalarda hisob-kitoblarni va shartnomalarni sug'urtalashni amalga oshirish kerak.
Umuman olganda, rasmiy Toshkent tashabbuslari nafaqat turkiy dunyo birligini mustahkamlaydi, balki dolzarb mintaqaviy muammolarni hal qilish uchun amaliy yechimlar taklif qiladi. Ushbu loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi esa TDT doirasidagi hamkorlikning boshqa yo'nalishlari uchun namuna bo'lishi mumkin.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari