Logo

Dushanbedan munosabat: O'zbekiston Prezidentining BMT Bosh Assambleyasidagi ma'ruzasi kelajak avlodlar manfaati yo'lida tinchlik va osoyishtalikni asrab-avaylashga qaratilgan konstruktiv takliflar bilan ajralib turdi

Sentabr 26, 2025. 19:18 • 2 daq

47
Dushanbedan munosabat: O'zbekiston Prezidentining BMT Bosh Assambleyasidagi ma'ruzasi kelajak avlodlar manfaati yo'lida tinchlik va osoyishtalikni asrab-avaylashga qaratilgan konstruktiv takliflar bilan ajralib turdi

DUSHANBE, 26-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Tojikiston Milliy fanlar akademiyasi Falsafa, siyosatshunoslik va huquq instituti ilmiy xodimi Viktor Kim  "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasidagi nutqida ilgari surilgan tashabbuslarning ahamiyati haqidagi fikrlarini bildirdi:

– O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Nyu-York shahrida bo'lib o'tgan BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi tadbirlaridagi ishtirokini "Shavkat Mirziyoyevning hamkorlik yo'li" deb ta'riflash mumkin. Muhim siyosiy tadbirlar doirasida davlatingiz yetakchisining tashriflari doimo bank va ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuvlari bilan birga o'tadi. Iqtisodiyot hamkorlikka yo'l ochadi. Bu hamkorlik yo'li Yangi O'zbekistonning tashrif qog'oziga aylandi.

O'zbekiston Prezidentining BMT Bosh Assambleyasi doirasidagi ilk kunlari darhol O'zbekiston uchun muhim uchrashuvlar bilan kechmoqda. Xalqaro Valyuta Jamg'armasi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyeva, Jahon banki guruhi prezidenti Ajay Bango, Nyu-York Bankining bosh tijorat direktori Katinka Uolstrom bilan uchrashuvlar hamda muhim foydali qazilmalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha Amerikaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari va boshqa ko'plab yetakchi kompaniyalar, moliya institutlari hamda investitsiya fondlari bilan muzokarlar juda samarali kechdi.

AQSH Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha maxsus elchisi Serjio Gor bilan uchrashuv ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha muloqotni davom ettirishda muhim siyosiy ahamiyatga ega bo'ldi. O'zbekistonning "Boeing" kompaniyasi bilan umumiy qiymati 8 milliard dollardan ortiq bo'lgan 787 Dreamliner samolyotlarini xarid qilish bo'yicha shartnoma imzolangani O'zbekistonning AQSHdek buyuk davlat bilan hamkorlikni davom ettirish borasidagi jiddiy va ishonchli niyatlarining yaqqol tasdig'idir.

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasidagi ma'ruzasi, eng avvalo, kelajak avlodlar manfaati yo'lida tinchlik va osoyishtalikni asrab-avaylash, birgalikda hamkorlik va taraqqiyot, tinch-totuv yashashga qaratilgan konstruktiv takliflar bilan ajralib turadi.

 

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish