Islomobodda O'zbekiston va Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Ilm-fan jamg'armasi o'rtasidagi hamkorlik istiqbollari ko'rib chiqildi
Oktabr 14, 2025. 06:54 • 2 daq
• 270

ISLOMOBOD, 13 oktabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Alisher To'xtayev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Ilm-fan jamg'armasi prezidenti Seyed Komail Tayebi bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Muloqot chog'ida O'zbekiston va Jamg'arma o'rtasida o'zaro manfaatli hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Seyed Tayebi O'zbekistonning azaldan ilm-fan va ma’rifat beshigi sifatida dunyoga tanilganini ta’kidlab, yurtimiz zaminida yetishib chiqqan buyuk olim va ulamolarning ilmiy merosi zamonaviy fanlar taraqqiyotida muhim o'rin tutishini alohida qayd etdi. U, shuningdek, O'zbekistonni boy tarixiy-ilmiy meros va katta salohiyatga ega zamonaviy davlat sifatida e’tirof etdi hamda mamlakatimizda ta’lim, ilmiy va innovatsion sohalarni rivojlantirish yo'nalishida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarni yuqori baholadi. "O'zbekistonda "yashil" energiya, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni joriy etish bo'yicha amalga oshirilayotgan yirik loyihalarni alohida e’tirof etib, mamlakatimiz IHT doirasida bu borada yetakchi o'rinni egallab kelayapti", dedi u.
Suhbat chog'ida O'zbekistonda ilm-fan, ta’lim va innovatsion rivojlanish sohalarida amalga oshirilayotgan o'zgarishlar, zamonaviy IT-yechimlar hamda elektron hukumat tizimi doirasida yaratilgan qulayliklar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, sog'liqni saqlash, energetika, transport, qurilish, qishloq xo'jaligi va suv resurslarini boshqarish sohalarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish bo'yicha amaliy natijalar qo'lga kiritilgani ta’kidlandi.
Hamkorlikda ilmiy-amaliy konferensiyalar, yozgi maktablar, seminar-treninglar va dolzarb mavzularda qo'shma tadbirlar tashkil etish masalalari bo'yicha fikr almashildi.
Bundan tashqari, ilm-fan yo'nalishidagi faoliyatni kengaytirish, mutasaddi idoralar o'rtasidagi aloqalarni institutsional asosda rivojlantirish va hamkorlik samaradorligini oshirish bo'yicha takliflar ko'rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida Seyed Tayebi boshchiligidagi jamg'arma delegatsiyasining mamlakatimizga tashrifini tashkillashtirib, mutasaddi vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot muassasalari va texnoparklar rahbariyatlari bilan muzokaralarini o'tkazishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston elchisi Bangladesh Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Rigada Oʻzbekiston milliy stendi taqdim etildi
Krasnoyarsk viloyatining Oʻzbekistonga tashrifi amalga oshirildi