Logo

Xitoyning Chjuchjou va Navoiy shaharlari o'rtasidagi birodarlik aloqalari yuqori bosqichga ko'tariladi

Oktabr 31, 2024. 10:52 • 2 daq

346
Xitoyning Chjuchjou va Navoiy shaharlari o'rtasidagi birodarlik aloqalari yuqori bosqichga ko'tariladi

GUANCHJOU, 31-oktabr. /"Dunyo" AA/.  O'zbekistonning Guanchjou shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari Xitoyning janubiy provinsiyalari bilan hududiy hamkorlikni kengaytirish maqsadida xizmat safari bilan Xunan provinsiyasining Chjuchjou shahrida bo'lishdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Safar davomida provinsiya gubernatori o'rinbosari Sao Chjisyan, Tashqi ishlar departamenti hamda Tashqi savdoga ko'maklashish va Tijorat departamenti vakillari bilan uchrashuvlar o'tkazildi.


Xitoy tomoniga mamlakatimiz hududlarida xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, mavjud investitsiyaviy muhit haqida ma'lumot berildi.


 Chjuchjou va Navoiy shaharlari o'rtasida o'rnatilgan birodarlik aloqalaridan to'liq foydalanish, amaliy qo'shma loyihalarni ishlab chiqish xususida fikr almashildi.


O'zaro tashriflar doirasida erishilgan kelishuvlarni jadallashtirish maqsadida 2025 yil birinchi yarmida Chjuchjou shahri meri boshchiligidagi ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiyaning  O'zbekistonga tashrifini ishlab chiqishga kelishib olindi.


O'zbekiston diplomatlari safar doirasida "The 3rdInternational summit on BDS applications" tadbirida ishtirok etdi. Unda, shuningdek, Xitoyning yetakchi kompaniyalari, universitetlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari va sanoat birlashmalari, shuningdek, O'zbekiston, Rossiya, Laos, Janubiy Koreya, Fransiya Afrika davlatlari vakillari qatnashdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish