Logo

O'zbekistonda logistika sohasini rivojlantirishda Qatar kompaniyasi jalb qilinmoqda

Yanvar 24, 2024. 10:24 • 36 soniya

237
O'zbekistonda logistika sohasini rivojlantirishda Qatar kompaniyasi jalb qilinmoqda

DOXA, 24-yanvar. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi ko'magida O'zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va Qatarning «Al Mirqab Capital» kompaniyasi vakillari o'rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Onlayn uchrashuvda Toshkent shahri Yangi hayot tumanida logistika markazini tashkil etish loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Qatar tomoniga O'zbekistonda transport va logistika tizimini rivojlantirish, xalqaro logistika markazlarini barpo etish, mintaqaviy tranzitni kuchaytirish, innovatsion texnologiyalar va intellektual transport tizimlarini joriy etish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida batafsil ma'lumot berildi. Shundan so'ng, taklif etilayotgan loyiha taqdimoti o'tkazildi.

Uchrashuv natijasida tomonlar joriy yanvar oyi oxiriga qadar mazkur loyihani amalga oshirishning yakuniy shartlarini ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish