O'zbekiston mahsulotlari uchun Afrika bozorlariga yo'l ochiladi
Sentabr 15, 2025. 15:44 • 49 soniya
• 91
QOHIRA, 15 sentyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston diplomatlari Misr–Afrika tadbirkorlari uyushmasi ("YEAVA") rahbariyati bilan muzokara o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Muloqot chog'ida O'zbekiston va Afrika davlatlari o'rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni o'rnatish va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar O'zbekiston va "EABA" o'rtasidagi o'zaro hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari, jumladan, sanoat, qishloq xo'jaligi, farmatsevtika, to'qimachilik va logistika sohalarida qo'shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdilar.
Uyushma a'zolarining O'zbekistonga, mamlakatimiz kompaniyalarining esa Afrika bozorlariga kirib kelishiga ko'maklashish, o'zaro investitsiya va eksport salohiyatini oshirish, tadbirkorlar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aloqalarni yo'lga qo'yish borasida yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.
"EABA" Misr va Afrika qit'asidagi yirik kompaniyalar va ishbilarmonlarni birlashtirgan uyushma bo'lib, uning faoliyati Afrika davlatlari o'rtasida savdo, investitsiya, sanoat kooperatsiyasini kengaytirishga qaratilgan. Uyushma tarkibida qishloq xo'jaligi, sanoat, turizm, telekommunikatsiya, infratuzilma, moliya, ta'lim, energetika, sog'liqni saqlash, qurilish va boshqa sohalarni qamrab olgan 22 ta qo'mita mavjud. "EABA" Afrikaning 20ga yaqin davlatida o'z vakolatxonalarini ochgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi
Gujranvala shahrida O‘zbekiston–Pokiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi