O'zbekiston joriy yilning o'tgan 5 oyi ichida qariyb 10 mingta elektromobil import qilgan
Iyul 02, 2025. 18:21 • 39 soniya
• 121
TOSHKENT, 3-iyul. / "Dunyo" AA/. So'nggi 5 oy ichida O'zbekistonga qiymati 325,3 million dollarlik yengil avtomobil import qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2025-yilning yanvar-may oylarida mamlakatga 18387 ta yengil avtomobil olib kirilgan bo'lib, ulardan 9789 tasini elektromobillar tashkil etadi.
Ushbu davrda O'zbekistonga avtomobil yetkazib berish bo'yicha yetakchi davlatlar quyidagilar bo'ldi:
Xitoy – 15873 dona;
Koreya Respublikasi – 1882 dona;
Hindiston– 168 dona;
Yaponiya – 122 dona;
AQSh – 82 dona;
boshqa davlatlar – 260 dona.
Shuningdek, 2025-yilning o'tgan besh oyi davomida O'zbekistonda jami 153 814 dona turli rusumdagi yengil avtomobillar (maxsus yengil avtomobillardan tashqari) ishlab chiqarilgan.
Milliy statistika qo'mitasi saytidan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
2025-yil oxirida O‘zbekiston iqtisodiyoti 7,5 foizga o‘sishi prognoz qilindi
Surxondaryoda Rossiya kompaniyasining shourumi ochildi
Toshkentda O'zbekiston–O'mon ayol tadbirkorlari II biznes-forumi bo'lib o'tdi