Logo

O‘zbekiston Prezidenti Yaponiyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi

Dekabr 18, 2025. 18:50 • 28 soniya

181
O‘zbekiston Prezidenti Yaponiyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi

TOSHKENT, 18-dekabr. /“Dunyo” AA/. Rasmiy tashrif bilan bugun Tokio shahriga kelgan Prezident Shavkat Mirziyoyevni Yaponiyada mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz qizg‘in kutib oldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston yetakchisi ular bilan suhbatlashdi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yurtdoshlarimizning orzu-umidlari, maqsad va rejalari haqida ochiq va samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz vatandoshlarimizga ishi va o‘qishida muvaffaqiyatlar tilab, ular kunchiqar yurtda orttirgan bilim va tajribalar Vatanimiz taraqqiyoti hamda xalqimiz farovonligiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish