"Made in Uzbekistan" brendi ostidagi mahsulotlar Varshavada o'tayotgan xalqaro ko'rgazmada namoyish etilmoqda
Oktabr 25, 2025. 17:40 • 2 daq
• 277
VARSHAVA, 25-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Polsha poytaxtida Yevropa interyer sanoatining eng yirik xalqaro tadbirlaridan biri – "Warsaw Home & Contract 2025" ko'rgazmasi ochildi, deb xabar qilmoqda Dunyo AA muxbiri.

Tadbir interyer, mebel, uy to'qimachiligi va bezak mahsulotlari sohasidagi yetakchi ishlab chiqaruvchi va dizaynerlarni bir maydonga jamladi.
O'zbekiston Hukumati tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni xalqaro bozorlarga olib chiqish, eksport salohiyatini oshirish va "Made in Uzbekistan" milliy brendini ilgari surish maqsadida ko'rsatilayotgan amaliy yordam natijasida bu yil ham mamlakatimizning to'qimachilik sohasidagi qator korxonalari mazkur ko'rgazmada milliy stend tarkibida faol ishtirok etmoqda.
Ko'rgazmaning ilk kuniyoq yurtimiz pavilyoniga xorijiy xaridorlar, dizaynerlar va interyer sohasi mutaxassislari katta qiziqish bildirdi. O'zbekiston kompaniyalari tomonidan namoyish etilgan mahsulotlar yuqori sifat, zamonaviy dizayn yechimlari va ekologik standartlarga mosligi bilan ishtirokchilar e'tiborini qozondi.
Xususan, "Polsha–Turkiya" tadbirkorlar uyushmasi raisi Xabesh Fakibaba o'zbek mahsulotlari sifatini e'tirof etdi. "Polshada to'qimachilik fabrikamiz bor. Biz kelgusida O'zbekiston korxonalari bilan hamkorlik qilishga va qo'shma loyihalarni amalga oshirishga tayyormiz", – dedi u.
"PTAK Warsaw Expo" markazi prezidenti Kazimej Pilkovich o'zbek kompaniyalari taqdim etayotgan keng va rang-barang mahsulotlar yuqori sifat hamda zamonaviy dizayn yechimlari bilan ajralib turayotganini qayd etdi.
Polsha investitsiyalar va savdo agentligi vakili Yatsek Mixalskiy ham mamlakatimiz pavilyoniga tashrif buyurib, O'zbekiston kompaniyalarining ko'rgazmadagi faol ishtiroki va taqdim etayotgan mahsulotlarini yuqori baholadi.
Ko'rgazmaning birinchi kuni davomida bir qator xalqaro hamkorlik uchrashuvlari va muzokaralar o'tkazildi hamda eksport shartnomalari bo'yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi
O'zbekistonning "Warsaw Home & Contract 2025" ko'rgazmasidagi ishtiroki "Made in Uzbekistan" brendi nufuzini jahon bozorida yana-da mustahkamlash yo'lida muhim qadam bo'lib xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
"Arda Xiva" turizm majmuasida "Gilamlar jilosi" xalqaro ko'rgazma-festivali bo'lib o'tdi
O'zbekistonning IT autsorsing sohasidagi imkoniyatlari Germaniyada taqdim etildi
