Logo

O'zbekistonning yangi elchisi Germaniya Federal prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

Oktabr 26, 2023. 09:18 • 57 soniya

3654
O'zbekistonning yangi elchisi Germaniya Federal prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

BERLIN, 26-oktyabr. /«Dunyo» AA/. O'zbekistonning yangi tayinlangan Mavqulodda va Muxtor elchisi Dilshod Axatov Germaniya Federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Taqdimot marosimidan so'ng bo'lib o'tgan suhbatda O'zbekiston-Germaniya o'rtasidagi ko'p qirrali hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Germaniya rahbari so'nggi yillarda ikki tomonlama munosabatlarning jadallashgani va sheriklik keng ko'lamli yo'nalishlarini qamrab olganini mamnuniyat bilan qayd etdi, shuningdek, GFR O'zbekiston bilan hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdorligini bildirdi.

Frank-Valter Shtaynmayerga O'zbekiston rahbariyati va xalqiga muvaffaqiyat va farovonlik tiladi.

Germaniya Federal prezidenti qarorgohida bo'lib o'tgan ishonch yorliqlarini topshirish marosimi yakunida harbiylar yuksak hurmat bajo keltirgan holda, Vatanimiz bayrog'ini baland ko'tarishdi.

Eslatib o'tamiz, Dilshod Axatov Berlinga tayinlanganiga qadar 2020-2023-yillar O'zbekistonning Hindistondagi elchixonasiga rahbarlik qilgan. U 51 yoshda. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutini tamomlagan.

TIV tizimida stajyor sifatida ish boshlagan, boshqarma va Bosh boshqarma boshlig'i, tashqi ishlar vaziri o'rinbosarigacha bo'lgan bosqichlarni bosib o'tgan. 2010-2013-yillarda Germaniyada elchi, shuningdek, Shveysariya, Chexiya, Shvesiya va Ispaniyada o'rindoshlik asosida elchi bo'lib ishgan.

Dilshod Axatov 2017-2023-yillarda mamlakatimizning Germaniyadagi diplomatik missiyasiga rahbarlik qilgan Nabijon Qosimov o'rnini egalladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish