Qirg'iziston OAV: O'zbekiston Prezidenti tomonidan BMT Bosh Assambleyalarida ilgari surgan tashabbuslar Markaziy Osiyo uchun barqaror kun tartibini shakllantirmoqda
Sentabr 24, 2025. 12:55 • 2 daq
• 36
BISHKEK, 23-sentabr. /"Dunyo" AA/. Qirg'izistonning "Alliance-press.kg" axborot-tahlil agentligi portalida "Mintaqaviy va global tashabbuslar – O'zbekiston diplomatiyasi: qo'shnichilik va Markaziy Osiyoda integratsiya" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMT Bosh Assambleyasida ilgari surilgan tashabbuslar Markaziy Osiyoni rivojlantirishda alohida ahamiyatga ega bo'lib, mamlakatning tashqi siyosatda qo'shnilar bilan yaqin hamkorlik va integratsiyani mustahkamlashga qaratilgan yangi yo'nalishini aks ettiradi" – deyilgan maqolada.
Shuningdek, nashrda "O'zbekiston BMT maqsadlari va tamoyillariga qat'iy rioya qilishi hamda 2017-yildan boshlab, O'zbekiston BMT faoliyatining barcha sohalarida ishtirokini faollashtirgani ta'kidlangan.
Ma'lum qilinganidek, O'zbekiston jahon hamjamiyatida tinchlikni ta'minlash, xalqaro mojarolarni hal etish, yangi global harbiy to'qnashuvlarni oldini olish, mamlakatlar o'rtasida hamkorlikni yo'lga qo'yish, global va mintaqaviy muloqotni rivojlantirish hamda inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha juda muhim va dolzarb tashabbuslarni ilgari surmoqda.
"O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasida ilgari surgan mintaqaviy va global tashabbuslari Markaziy Osiyo uchun barqaror kun tartibini shakllantirmoqda. 2018-2025-yillarda mamlakat tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 13 ta rezolyutsiya qabul qilindi. Ushbu rezolyutsiyalar tinchlik va xavfsizlikdan tortib ekologiya, inson huquqlari va madaniy aloqalargacha keng qamrovli masalalarni o'z ichiga olgan", – deyilgan materialda.
Nashrda, O'zbekiston Prezidenti amalga oshirayotgan yangilangan tashqi siyosatning asosiy ustuvor yo'nalishi — "tinch va iqtisodiy jihatdan farovon Markaziy Osiyo" ekanligi alohida urg'ulangan.
"O'zbekiston mintaqadagi qo'shni davlatlar hamda dunyo bo'ylab barcha mamlakatlar bilan do'stona va o'zaro manfaatli aloqalarni izchil rivojlantirmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining qat'iy siyosiy irodasi tufayli hozirgi kunda mintaqa yangicha o'zaro tushunish muhitiga ega bo'lib, dolzarb masalalarni konstruktiv hal qilish uchun zarur barcha shart-sharoitlar yaratilgan", – deb yozgan muallif.
"Alliance-press.kg"da e'lon qilingan maqolada oxirida "Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo integratsiya jarayonida muhim rol o'ynamoqda, O'zbekistonning qo'shni mamlakatlar bilan sheriklik va ittifoqchilik strategiyasini muvaffaqiyatli ilgari surmoqda. O'zbekiston Prezidenti tashabbuslari mintaqaning salohiyatini to'liq ochish va uni o'z xalqlari farovonligi yo'lida samarali qo'llash imkoniyatini yaratdi", – deyilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam