Logo

"Eurasia Magazine": Vengriya O'zbekistonga Markaziy Osiyo mintaqasidagi muhim hamkor davlat sifatida qaraydi

May 17, 2025. 13:09 • 2 daq

99
"Eurasia Magazine": Vengriya O'zbekistonga Markaziy Osiyo mintaqasidagi muhim hamkor davlat sifatida qaraydi

BUDAPESHT, 17-may. /"Dunyo" AA/. Vengriyaning "Eurasia Magazine" jurnalida "O'zbekiston va Vengriya o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik: bugungi holat va rivojlanish istiqbollari" sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"So'nggi yillarda O'zbekiston Yevropa davlatlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarini izchil kengaytirmoqda va Vengriya bu jarayonda tobora muhim rol o'ynamoqda, – deb yozadi muallif. – O'zaro munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga olib chiqish, ikki tomonlama muloqot faollashayotgani, shuningdek, vengriya kompaniyalarining O'zbekistondagi sarmoyaviy faolligini oshirish mamlakatlarimiz o'rtasidagi hamkorlik uchun yuksak salohiyatdan dalolat beradi".        

Ikki tomonlama hamkorlikning asosi keng ko'lamli shartnomaviy-huquqiy baza bo'lib, savdo va investitsiyadan tortib, ilmiy-texnikaviy hamkorlik va ta'limgacha bo'lgan keng ko'lamli sohalarni qamrab olgan 64 ta hujjatdir. Asosiy shartnomalar qatoriga Savdo-iqtisodiy munosabatlar to'g'risidagi bitim (1992-yil), Investitsiyalarni himoya qilish to'g'risidagi bitim (2002-yil) va Ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish to'g'risidagi bitim (2008-yil) kiradi.

Ta'kidlanishicha, savdo-iqtisodiy munosabatlarning asosi O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi o'rtasidagi Sheriklik va hamkorlik to'g'risidagi bitimda belgilangan eng qulay davlat rejimidir. O'zbekiston-Vengriya munosabatlari doirasida sarmoyaviy yo'nalish alohida qiziqish uyg'otadi. 2025-yil 1-aprel holatiga ko'ra, O'zbekistonda Vengriya kapitali ishtirokidagi 17 ta korxona, jumladan, 10 ta qo'shma korxona va 7 tasi 100 foiz xorijiy ishtirokda faoliyat yuritmoqda.

"Eurasia Magazine" jurnalida bosilgan maqolada yozilganidek, Vengriya O'zbekistonga Markaziy Osiyodagi muhim hamkor sifatida qaraydi, Toshkent esa, o'z navbatida, Vengriya salohiyatidan YI iqtisodiy makoniga "kirish nuqtasi" sifatida foydalanishdan manfaatdor.

"Shu bilan birga, farmatsevtika va qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish va logistika zanjirlarini rivojlantirish, o'zbek to'qimachilik, qishloq xo'jaligi va boshqa mahsulotlarni Vengriya bozoriga olib chiqish keyingi o'sishning asosiy omillari bo'lishi mumkin. O'zaro savdodagi nomutanosiblikni bartaraf etish uchun O'zbekistondan eksportni rag'batlantirish, jumladan, eksportga yo'naltirilgan klasterlarni rag'batlantirish, Yevropa bozori uchun sifat standartlari va mahsulot sertifikatini ishlab chiqish choralarini ko'rish zarur", – deyilgan maqolada.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish