"Sahm News" gazetasi: Samarqand shahri "Markaziy Osiyo va Ko'rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" sammitini qabul qiladi
Aprel 22, 2025. 12:33 • 2 daq
• 92
AR-RIYOZ, 22-aprel. /"Dunyo" AA/. Saudiya Arabistonining "Sahm News" gazetasida "5-may kuni Samarqand shahrida "Markaziy Osiyo va Ko'rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" sammiti bo'lib o'tadi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda O'zbekiston tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiya Al-Kuvayt shahrida bo'lib o'tgan "Markaziy Osiyo – Ko'rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining uchinchi yig'ilishida ishtirok etgani ma'lum qilingan.
Yig'ilishda shu 5-may kuni Samarqandda bo'lib o'tadigan oliy darajadagi "Markaziy Osiyo-KADHK" sammitiga tayyorgarlikning borishi va boshqa masalalar muhokama qilingani ta'kidlangan.
"Kuvaytda hamkasblarim bilan birgalikda "Markaziy Osiyo – Ko'rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" Strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining uchinchi uchrashuvida ishtirok etdik. Iliq mehmondo'stlik uchun Kuvayt tashqi ishlar vaziri Abdulloh Ali al-Yahyo janoblariga samimiy minnatdorligimizni bildiramiz.
Bugun biz tobora rivojlanib borayotgan hamkorligimizni keyingi bosqichga olib chiqishning samarali usullarini va kun tartibimizdagi dolzarb mavzularni muhokama qildik.
5-may kuni Samarqand shahrida bo'lib o'tadigan Sammit mintaqalarimiz o'rtasidagi aloqalarni chuqurlashtirishda muhim bosqich bo'lib xizmat qiladi.
Mushtarak qadriyatlar, strategik salohiyat va yakdil yondashuvlar bilan Markaziy Osiyo va Ko'rfaz davlatlari hamkorlikda yangi sahifa yaratmoqdamiz", – deya O'zbekiston TIV rahbarining telegram-kanalida e'lon qilingan fikrlaridan iqtibos keltirilgan maqolada.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida