"AKIpress" AA: Xorazm vohasida ko'plab me'moriy yodgorliklar va muqaddas qadamjolar asl holicha saqlanib qolingan
May 17, 2024. 14:16 • 57 soniya
• 158
BISHKEK, 17-may. /"Dunyo" AA/. Qirg'izistonning "AKIpress" axborot agentligi "Xiva – 2024-yilda islom dunyosining turizm poytaxti" sarlavhali maqola e'lon qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda qayd etilishicha, Xorazm qadim zamonlardan buyon turkiy dunyoning tarixiy markazi bo'lib kelgan. Ta'kidlanishicha, bu yerda yuksak madaniyat darajasini o'zida mujassam etgan ko'plab me'moriy yodgorliklar va muqaddas qadamjolar saqlanib qolingan.
Muallif Xorazm viloyatining asosiy shaharlari Urganch va Xiva ekanligini urg'ulaydi. "Ushbu qadim kentlar o'z davrining eng ulug' zotlari – ma'rifatparvar va shoir Pahlavon Mahmud, matematik va astronom Al Xorazmiy, matematik va faylasuf Abu Rayhon Beruniy, xalq qahramoni va hukmdor Jaloliddin Manguberdi, shayx va so'fiy Najmiddin Kubro, yozuvchi va shoir Muhammad Rizo Ogahiyga beshik bo'lgan. Xorazm zamini bugungi kungacha o'zining tarixiy qiyofasini saqlab qolgan. Bu o'z navbatida, butun dunyodan ziyoratchilarni faol jalb etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda", – deb yozgan muallif.
Maqola xulosasida "Xivadagi Voyangan bobo, Yusuf Hamadoniy, Shayx Muxtor Vali majmualari, shuningdek, Uch Avliyo bobo va Pahlavon Mahmud maqbaralarini ziyorat qilish shart bo'lgan muqaddas joylardir", – deb ta'kidlagan "AKIpress" AA.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida