Polsha OAV: Davlat tomonidan sohaga qaratilgan yuksak e'tibor tufayli O'zbekiston bokschilari Olimpiya o'yinlari va xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishmoqda
Iyun 15, 2025. 08:02 • 2 daq
• 39
VARSHAVA, 15-iyun. /"Dunyo AA/. Polshaning mashhur "TVP Sport" elektron portalida "Bolalar qo'lqopda ulg'aymoqda. Nega O'zbekiston boksda kuchga aylandi?" sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda, dastavval O'zbekiston mustaqil davlat sifatida 1996-yilda AQShning Atlanta shahridagi yozgi Olimpiya o'yinlarida debyut qilgani va u yerdan ikkita medal – dzyudo bo'yicha Armen Bogdasarovning kumush hamda boks bo'yicha Karim To'laganovning bronza medalini qo'lga kiritgani yodga olingan.
"Joriy yil may oyida O'zbekiston vakillari Feliks Shtamm nomidagi turnirda ishtirok etishdi. To'qqiz nafar vakil Varshavaga keldi va ularning barchasi vataniga medallar bilan qaytdi. Xususan, erkak o'rtasidagi janglarda o'zbeklar 6 ta oltin va 2 ta bronza medalini, turnirda ishtirok etgan O'zbekistonning yagona ayol vakilasi esa kumush medalni qo'lga kiritdi.", – deya qayd etiladi maqolada.
Muallifning ta'kidlashicha, o'zbek boksida ulkan o'sish 2012 yildan keyin kuzatilishi boshlagan bo'lib, bugungi kunda O'zbekistonda boks tizimi bir qator ustunga asoslanadi.
"Ular elit akademiyalari. Ushbu maskanlarda mamlakatning eng iqtidorli sportchilari eng yaxshi mutaxassislar qo'l ostida mashg'ulot o'tkazadilar. Iqtidorlarni izlash. Ushbu tizim orqali respublika bo'ylab eng iqtidorli yoshlar saralab olinadi va bolalar akademiyaga 10 yoshdan boshlab qabul qilina. Hukumat va Prezident tomonidan qo'llab-quvvatlash. Bu eng asosiy omil bo'lib, infratuzilma, musobaqalar va yig'inlarga hukumat tomonidan katta sarmoyalar kiritilmoqda", – deb yozgan u.
Maqola xulosasida "Jamoatchilik qiziqishi, davlat tomonidan sohaga qaratilgan e'tibor va qo'llab-quvvatlash tufayli o'zbekistonliklarning yozgi Olimpiya o'yinlari va ko'plab xalqaro musobaqalardagi yutuqlari ortib bormoqda", – deya urg'ulangan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida