"Il Sole 24 Ore" gazetasi: Bobur hayotni, adabiyotni, go'zallikni va o'z vatanini sevardi
May 14, 2025. 07:10 • 2 daq
• 50
RIM, 14-may. Dunyo AA/. Italiyaning yetakchi "Il Sole 24 Ore" gazetasida "Bobur, davlat arbobi, sarkarda va yozuvchi" sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda ma'lum qilinganidek, Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 9-fevralda hozirgi O'zbekistonning Andijon shahrida tug'ilgan. Uning otasi Temuriylar avlodidan bo'lgan Umarshayx mirzo va onasi esa mo'g'ullarga mansub Toshkent hukmdori Qozonxonning qizi Qutlug'nigorxonim.
"Bobur chig'atoy tilida, ya'ni eski o'zbek tilida so'zlashgan. Lekin u o'sha davrda mashhur bo'lgan fors va arab tillari ham yaxshi bilgan",– deb yozilgan maqolada.
Ta'kidlanganidek, Bobur uzoq umr ko'rmadi, 1530-yilda Hindiston shimolidagi Agra shahrida 47 yoshida vafot etdi.
"Bobur 1511-1512-yillarda bobosi Amir Temur davlatini tiklashga harakat qildi. Biroq turli sabablarga ko'ra, uning bu orzusi amalga oshmadi va Kobulga chekindi. U yerdan esa Hindiston sari yo'l oldi. 1526-yilda Panipat jangida u Lahorning so'nggi hukmdori Ibrohim II ni mag'lub etib, Hindistonda buyuk Boburiylar sulolasiga asos soldi", – deyiladi materialda.
Muallif yozganidek, Bobur hayotni, adabiyotni, go'zallikni va o'z vatanini sevadigan odam edi. Va eng muhimi, u yozishni yaxshi ko'rardi. Uning bizgacha yetib kelgan asarlari, she'rlari, ruboyilari va g'azallarida qaysi mavzular yetakchilik qilishini o'quvchilar yaxshi biladi. Shuningdek, u Kobulda dunyodagi eng chiroyli bog'larni yaratdi.
Bobur o'z boshidan o'tkazgan voqealarni, ko'rgan-bilganlarini, yaratgan bog'lari va tanishgan odamlari haqidagi ma'lumotlarni o'zining shoh asari – "Boburnoma"da yozib qoldirgan.
Shuningdek, nashrda "Boburnoma" asari ingliz tilidan italyan tiliga tarjima qilingani katta yutuq bo'lgani qayd etilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida