O'zbekiston rossiyaliklar Yangi yilda sayohat qilishi mumkin bo'lgan top-5 yo'nalishga kirdi
Sentabr 19, 2025. 16:37 • 58 soniya
• 30
MOSKVA, 22-sentabr. /"Dunyo" AA/. Rossiya turoperatorlari assotsiatsiyasi (ATOR) O'zbekistonni Yangi yil bayrami arafasida rossiyaliklar uchun eng yaxshi beshta yo'nalishdan biri sifatida e'tirof etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"TASS" axborot agentligi ma'lumotiga ko'ra, O'zbekistonga aynan qishning qahratonidan qochib, tamoman boshqacha, iliq va tarixiy muhitga sho'ng'ishni istaganlar borishlari zarur. Bu yurt boy ming yillik tarixga ega, sovuqdan asar ham yo'q, bayramni ilgari hech qachon sodir bo'lmagan hikoya tarzda nishonlash imkonini beradi.
Shuningdek, nashrda O'zbekiston hukumati turizm sohasini faol rivojlantirayotgani ta'kidlanadi.
"O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Statistika qo'mitasi qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, 2024-yilda mamlakatga 8,2 milliondan ortiq xorijiy sayyoh kelgan. Ulardan salkam 870 ming nafari Rossiya fuqarolaridir" deyilgan manbada.
2025-yil 1-sentabrdan boshlab O'zbekistonda sayyohlar uchun yagona platforma sinov tariqasida ishga tushirildi.
Platforma mehmonxonalarni oldindan band qilish, turoperatorlar va sayyohlik agentliklari xizmatlaridan foydalanish, taksi chaqirish va avtomobil ijaraga olish, samolyot, avtobus va poyezd chiptalarini sotib olish, muzeylarga kirish uchun to'lovlarni amalga oshirish, shuningdek, turizm xizmatlari uchun xalqaro va milliy to'lov tizimlari orqali pul o'tkazmalarini amalga oshirish imkonini beradi. Mazkur platformada xizmatlar 14 tilda amalga oshiriladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam