Logo

Janubiy Koreyaning ommabop "KBS" telekanali O'zbekistonning mashhur sayyohlik manzillari haqidagi ko'rsatuvni suratga oldi

May 15, 2025. 12:38 • 44 soniya

80
Janubiy Koreyaning ommabop "KBS" telekanali O'zbekistonning mashhur sayyohlik manzillari haqidagi ko'rsatuvni suratga oldi

SEUL, 15-may. /"Dunyo" AA/. Janubiy Koreyaning yetakchi media kompaniyalaridan biri – "Korean Broadcasting System" (KBS) milliy telekanali vakillarining O'zbekistonga ijodiy safari tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur ijodiy safar mamlakatimizning Janubiy Koreyadagi elchixonasi tomonidan O'zbekiston Turizm qo'mitasi bilan birgalikda yurtimizning sayyohlik salohiyatini yanada keng targ'ib etish va turistik yo'nalishlarimizni ommalashtirish maqsadida tashkil etildi.

O'zbekistonga safar qilgan Janubiy Koreyaning yetakchi "KBS" telekanali ijodkorlari yurtimizdagi mashhur sayyohlik yo'nalishlari, YUNESKOning Umumjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlarining qadimiy me'moriy yodgorliklari, mamlakatimizning turli hududlaridagi zamonaviy ko'ngilochar markazlar va o'zbek milliy taomlari haqidagi maxsus dasturni tasvirga oldi.

Ko'rsatuv joriy yilning 7 iyun kuni efirga uzatiladi. Televizion loyiha madaniy va sayyohlik xususiyatiga ega bo'lib, koreyaliklarni O'zbekistonning ekoturizm, gastronomik, ziyorat, tog' va landshaft turizmi salohiyati bilan yaqindan tanishtiradi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish