Pokiston OAV: O'zbekiston ilk bor BMT Statistika komissiyasining a'zosi etib saylandi
May 06, 2025. 07:32 • 2 daq
• 107
ISLOMOBOD, 6-may. /"Dunyo" AA/. Pokistonning yetakchi ommaviy axborot vositalarida O'zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, savdo-iqtisodiy madaniy-gumanitar va xalqaro doiradagi hayotiga bag'ishlangan turkum maqolalar e'lon qilinmoqda, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Jumladan, ushbu mamlakatning "Pakistan in the World" jurnali, "Islamabad Post", "Daily Spokesman" va "Khyber Mail" gazetalari, "The World Ambassador" va "World News" onlayn platformalari O'zbekistonning BMT Statistika komissiyasiga saylangani to'g'risida yozdi.
Maqolalarda ta'kidlanganidek, Nyu-York shahrida bo'lib o'tgan BMT Statistika komissiyasining 2026-2029-yillarga a'zo davlatlarini saylash jarayonida tarixida ilk marta O'zbekiston ushbu organ a'zosi etib bir ovozdan saylandi.
"Bu O'zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarning xalqaro miqyosda tan olinganini va mamlakatning global jarayonlarda o'sib borayotgan rolini tasdiqlaydi", – deb yozilgan materiallarda.
Qayd etilganidek, Komissiya 24 ta davlatdan iborat bo'lib, ular 4 yilda bir marta geografik taqsimotni hisobga olib saylanadi.
"Statistika Komissiyasiga to'liq a'zo bo'lish O'zbekiston uchun global statistik siyosatni shakllantirishda ishtirok etish, milliy tajriba va islohotlar yutuqlarini namoyish etish, ilg'or xorijiy tajribalarni o'rganish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun keng imkoniyatlarni ochib beradi", – deyilgan nashrlarda.
Pokiston OAV yozganidek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Statistika komissiyasi 1947-yilda BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi tomonidan funksional organ sifatida tashkil etilgan. Kommisiya xalqaro statistika sohasining rivojlanishini belgilovchi asosiy hukumatlararo tashkilot sifatida universal statistika standartlari va metodologik prinsiplarga oid ishlarni muvofiqlashtiradi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida