Logo

Polsha OAV: Ugom, Chotqol va Tyan-Shan tog' tizmalari sayyohlar uchun eng mashhur joylardan biri

May 25, 2025. 14:52 • 2 daq

47
Polsha OAV: Ugom, Chotqol va Tyan-Shan tog' tizmalari sayyohlar uchun eng mashhur joylardan biri

VARSHAVA, 25-may. /"Dunyo" AA/. Polshaning ekstremal turizm yo'nalishini yoritishga ixtisoslashgan "BylismyTam.pl" portalida "Chimyon, Ugom va Chotqol tog'lari Tyan-Shanda" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda O'zbekistonning sharqiy qismida joylashgan Ugom, Chotqol va Tyan-Shan tog' tizmalarining sayyohlik imkoniyatlari haqida so'z yuritilgan.

"Bu maskanlarning noyob tabiat manzaralari, baland tog' cho'qqilari, uch ming metr balandlikdagi dovonlar, keng vodiylar, kanyonlar, yovvoyi hayvonot olami va tog' qishloqlari aholisining hayoti har qanday sayyohni o'ziga rom etadi" – deb yozilgan maqolada.

Nashrda, shuningdek, mazkur joylar mintaqadagi eng mashhur yo'nalishlardan biri ekanligi va uning tabiiy go'zalligini muhofaza qilish maqsadida Ugom-Chotqol milliy bog'i tashkil etilgani ta'kidlangan.

"Ugom-Chotqol milliy bog'ining markazi bo'lgan Chimyon kurorti Toshkent shahridan atigi bir yarim soatlik uzoqlikda joylashgan. Bu yerdagi qishloq Chimyon nomi bilan ataladi. Qishloq dengiz sathidan salkam 1600 metr balandlikda joylashgan va uning to'rt yon atrofi baland tog'lar bilan o'ralgan. Ushbu betakror qishloq tabiatining manzarasi ushbu maskanni sayyohlar uchun eng mashhur joylariga aylantiradi. Piyoda yurishni, tog'ga chiqishni, chang'i yoki raftingni afzal ko'ruvchilar sayyohlar uchun bu manzil ajoyib maskandir", – deb urg'ulangan materialda.

Muallif ta'kidiga ko'ra, baland tog' cho'qqilaridan turib Chimyon qishlog'iga nazar tashlash kishiga shunchaki huzur bag'ishlaydi. Tepadan butun qishloq va Chimyon massivi tabiatining go'zal manzarasi sizga kaftdek ko'rinadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish