Qozog'istonning Aqto'be viloyati hokimining o'rinbosari Toshkent shahridagi "Texnopark" faoliyati bilan tanishdi
Aprel 23, 2025. 07:04 • 44 soniya
• 90
OSTONA, 23-aprel. /"Dunyo" AA/. Aqto'be viloyati hokimining o'rinbosari Abzal Abdikarimov amaliy tashrif bilan O'zbekistonda bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Qozog'istonning "Karavan" elektron nashri ma'lumotiga ko'ra, Aqto'be viloyati hokimining o'rinbosari safar davomida Toshkent shahridagi "Texnopark" faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
"Texnopark" MCHJ 2019-yilda tashkil etilgan. Uning umumiy maydoni 106,5 gektar bo'lib, shundan 50 gektar sanoat zonasi hisoblanadi. "Texnopark"da 5500 kishi ishlaydi. Ayni paytda jami 371,5 million AQSh dollari miqdoridagi investitsiyalar bo'yicha 21 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Mahsulotlar ham ichki bozorga, ham eksportga yo'naltirilgan.
Bu yerda ishlab chiqarilgan mahsulotlar Qozog'iston, Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Gruziya, Armaniston, Tojikiston, Qirg'iziston, Afg'oniston, Ruminiya va boshqa mamlakatlarga eksport qilinmoqda.
"Eslatib o'tamiz, o'tgan yili Aqto'be viloyati va O'zbekiston o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 52,4 million AQSh dollarini tashkil qilgan", – deyilgan "Karavan" manbasida.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida