Logo

“Q8 Press”: O‘zbekiston sayohatchilar uchun Markaziy Osiyodagi eng jozibali davlat hisoblanadi

Dekabr 06, 2025. 10:59 • 2 daq

166
“Q8 Press”: O‘zbekiston sayohatchilar uchun Markaziy Osiyodagi eng jozibali davlat hisoblanadi

AL-KUVAYT, 6-dekabr. /“Dunyo” AA/. Kuvaytning arab tilidagi “Q8 Press” elektron portalida “O‘zbekiston... Buyuk Ipak yo‘lining durdonasi yana global eʼtibor markaziga qaytmoqda” nomli maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada taʼkidlanishicha, O‘zbekiston boy tarixiy meros, jadallashtirilgan iqtisodiy modernizatsiya va rivojlangan infratuzilmaning noyob uyg‘unligi tufayli global turizm xaritasida tez surʼatlar bilan yuksalib bormoqda. Bu esa mamlakatni Markaziy Osiyodagi sayohatchilar uchun eng jozibali yo‘nalishlardan biriga aylantirmoqda.

YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan yetti yodgorlik, jumladan, uchta transchegaraviy yodgorlik bilan O‘zbekistonning madaniy merosi mamlakatning turizm asosiga aylandi.

Bu uyg‘onish davri hukumat tomonidan so‘nggi yillarda boshlangan keng qamrovli modernizatsiya strategiyasining bir qismi bo‘lib, turizm sohasini iqtisodiy o‘sishning harakatlantiruvchi kuchiga, madaniy diplomatiya vositasiga hamda Sharq va G‘arb o‘rtasidagi uchrashuv nuqtasiga aylantiradi. Jahon merosi obyektlari ming yillik sivilizatsiya tarixidan hikoya qiladi.

“Xivadagi Ichan qalʼasi o‘rta asrlardan beri deyarli o‘zgarishsiz qolgan eng ulug‘vor mustahkam obyektlardan biridir. Bu shaharga tashrif buyuruvchilar o‘zlarini asrlar orqasiga chekingandek his qilishadi, chunki masjidlar, madrasalar va saroylar yonma-yon joylashgan bo‘lib, asl sharqona bezaklar bilan bezatilgan”, – deya yozadi “Q8 Press” nashri.

Shuningdek, materialda Markaziy Osiyodagi eng muhim tarixiy shaharlardan Samarqand, Buxoro, Shahrisabz haqida ham alohida to‘xtalib o‘tilgan.

“Buxoro hali ham madaniy va maʼnaviy markaz maqomini saqlab qolmoqda, yuzlab yodgorliklar, xususan, Ismoil Somoniy maqbarasi, minoralar, anʼanaviy bozorlar va madrasalar bilan faxrlanadi. Shahrisabz buyuk sarkarda Amir Temur tug‘ilib o‘sgan shahar. Temuriylar sulolasi yodgorliklarining aksariyati Shahrisabzda joylashgan. Samarqand esa Markaziy Osiyoning durdonasi va madaniyatlar yaqinlashuvining ramzi bo‘lib qolmoqda. Registon maydoni, Go‘ri Amir maqbarasi, Shohi-Zinda majmuasi va Ulug‘bek rasadxonasi kabi mashhur yodgorliklar xalqaro ramz sifatida ajralib turadi”, – deya fikr yuritilgan maqolada.

O‘zbekistonning o‘ziga xosligi uning madaniy merosi bilan cheklanib qolmaydi: tabiiy joylar – G‘arbiy Tyan-Shan tog‘lari, moʻtadil Turon cho‘llari, Zarafshon-Qoraqum dovoni YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Bu joylar ekoturizm va sarguzasht turizmining poydevoriga aylanib, mamlakat sayyohlik tajribasining xilma-xilligini oshirmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish