Logo

"Rossiyskaya gazeta": MTTU "MISIS" Olmaliq filiali huzuridagi ilg'or muhandislik maktabida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi

May 02, 2025. 11:30 • 50 soniya

68
"Rossiyskaya gazeta": MTTU "MISIS" Olmaliq filiali huzuridagi ilg'or muhandislik maktabida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi

MOSKVA, 2-may. /"Dunyo" AA/. "Rossiyskaya gazeta" nashrida O'zbekistonda Rossiyaning Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti "MISIS"ning birinchi ilg'or muhandislik maktabi ochilgani haqida maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda qayd etilganidek, mazkur maktabni tashkil etish to'g'risidagi bitim MTTU "MISIS" rektori Alevtina Chernikova va "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ boshqaruv raisi Abdulla Xursanov tomonidan imzolangan.

"Maktabda nafaqat oddiy muhandislar, balki istiqbolda Markaziy Osiyo kon-metallurgiyasini jadal rivojlantirishga hissa qo'shadigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi", – deb yozgan manba.

Ma'lum qilinishicha, yangi maktabda o'quv yili 1-sentyabrdan boshlanadi. Nomzodlar uchun "Metallurgiya" magistratura mutaxassisligi bo'yicha "Foydali qazilmalarni boyitish" va "Texnologik jarayonlarni raqamli boshqarish" yo'nalishlari taklif etiladi.

"MISIS" Olmaliq filiali direktori Farhodbek Umarovning aytishicha, maktabning ustuvor vazifalari birlamchi rudalar va texnogen manbalardan qimmatbaho, og'ir rangli va nodir metallarni ajratib olish ulushini oshirish, shuningdek, yuqori qo'shimcha qiymatga ega yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni o'zlashtirishdan iborat", – deb yozilgan "Rossiyskaya gazeta" tarqatgan maqolada.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish