"Karavan Info" AA: Buxoroning boy tarixiy va madaniy merosiga maftun bo'lgan sayyohlar uni yana bir bor ko'rish istagida
May 05, 2025. 07:17 • 45 soniya
• 67
MOSKVA, 5-may. /"Dunyo"AA/. Rossiyaning "Karavan Info" axborot agentligi Buxoro viloyatining sayyohlik salohiyatiga bag'ishlangan maqolani tarqatdi, deb xabar beryapti "Dunyo" AA muxbiri.
Unda Buxoroga kelayotgan sayyohlar soni kundan kunga oshayotgani ta'kidlangan. "Ularni shaharning boy tarixiy va madaniy obyektlari, o'ziga xos me'morchiligi faol jalb qilayotir", – deb yozgan muallif.
Ma'lum qilinishicha, joriy yilning birinchi choragida Buxoro viloyatiga Rossiyadan 9758 nafar sayyoh kelgan. Sayyohlar oqimi bo'yicha ikkinchi o'rinni Xitoy egalladi. Yetakchilar orasida Qozog'iston, Hindiston, Yaponiya va Italiya bor. Shuningdek, Buxoroga Turkmaniston, Fransiya, Amerika Qo'shma Shtatlari, Eron, Ispaniya, Malayziya va Indoneziyadan ham ko'plab sayyohlar kelganini ma'lum qilingan.
"Buxoroning betakror arxitekturasi va madaniy merosiga maftun bo'lgan ko'plab xorijlik mehmonlar ushbu qadim kentni yana bir bor ko'rish istagini bildirmoqda. 2025-yil yakuniga qadar Buxoroga 2,2 milliondan ziyod sayyoh kelishi kutilmoqda", – deb yozgan "Karavan Info" AA.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida