Saudiya Arabistoni OAV: O'zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilingan
Oktabr 21, 2024. 21:04 • 2 daq
• 125
AR-RIYOZ, 22-oktabr. /"Dunyo" AA/. Saudiya Arabistonining "Al Harir" elektron nashrida "Yangi O'zbekiston va fuqarolik jamiyati: holati va istiqbollari" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Yangi O'zbekistonda erkin va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida keng ko'lamli va shiddatli islohotlar amalga oshirilmoqda, – deyiladi materialda. – Xususan, 2017-2024 yillarda fuqarolik jamiyati institutlarini bevosita qo'llab-quvatlash va samaradorligini oshirishga qaratilgan 64 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash uchun zarur huquqiy va institutsional baza yaratildi".
Jumladan, Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida bir qator samarali aniq ishlar amalga oshirildi.
Yangi tahrirdagi O'zbekiston Konstitutsiyasida birinchi marotaba fuqarolik jamiyati institutlariga bag'ishlangan alohida bob kiritilib, uning XIII bobi "Fuqarolik jamiyati institutlari", deb nomlandi. Jumladan 69-moddada "Fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari fuqarolik jamiyatining asosini tashkil etadi" deb mustahkamlab qo'yildi.
Eng asosiysi, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada milliy qonunchiligimizda birinchi marotaba fuqarolik jamiyati institutlarining tarkibi ochib berildi. Ushbu institutlar fuqarolik jamiyatining asosini tashkil etishi mustahkamlandi. Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining boshqa boblarning 5 ta moddasida fuqarolik jamiyati institutlarini manfaatlari himoya qilingan.
Materialda O'zbekiston tarixida ilk marotaba 2021–2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilingani xabar qilingan. Shuningdek, Fuqarolik jamiyati institutlarini qo'llab-quvvatlashning demokratik tashkiliy-huquqiy tizimi yaratildi. Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy himoyasini yana-da kuchaytirish maqsadida O'zbekiston Nogironlar jamiyati, Karlar jamiyati, Ko'zi ojizlar jamiyati, O'zbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi, ularning 500 ga yaqin tizim tashkilotlari to'liq davlat subsidiyalaridan foydalanmoqda.
"Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari doirasida har bir viloyatda "Do'stlik va Nodavlat tashkilotlar uylari" tashkil etildi. Bu uylarda 350 ta NNT va milliy madaniy markazlar bepul joylashtirildi", – deyilgan manbada.
Maqolada ta'kidlanganidek, O'zbekiston Prezidentining 2024-yil 26-avgustida imzolangan "Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni yuqoridagi islohotlarning uzviy davomi bo'lib, fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning shaffof va sog'lom raqobat tamoyiliga asoslangan tizimini, shuningdek, ijtimoiy samarali dasturlar samaradorligini oshirish uchun qo'shimcha shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida