Logo

Saudiya Arabistoni OAV: Bo'lajak "KADHK – Markaziy Osiyo" ikkinchi sammiti o'zaro hamkorlikning institutsional asoslarini mustahkamlash xizmat qiladi

Aprel 23, 2025. 12:12 • 2 daq

66
Saudiya Arabistoni OAV: Bo'lajak "KADHK – Markaziy Osiyo" ikkinchi sammiti o'zaro hamkorlikning institutsional asoslarini mustahkamlash xizmat qiladi

AR-RIYOZ, 23-aprel. /"Dunyo" AA/. Saudiya Arabistonining "Sahm News" gazetasida "KADHK – Markaziy Osiyo: Mintaqaviy diplomatiyaning yangi modeli" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada Ko'rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi va Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasidagi hamkorlik formati mintaqalararo o'zaro hamkorlikning o'ziga xos modelini ifodalashi qayr etilgan.

Muallifning yozishicha, bu formatning o'ziga xosligi shundaki, u ikkita geostrategik muhim mintaqani birlashtiradi, ularning har biri o'ziga xos rivojlanishga ega, lekin ayni paytda chuqur tarixiy, madaniy va diniy aloqalarga ega.

Ta'kidlanishicha, KADHK va Markaziy Osiyo o'rtasida tizimli diplomatik muloqotni shakllantirish bir necha muhim bosqichlarni bosib o'tdi va ularning har biri ikki mintaqa o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga katta hissa qo'shdi.

Qayd etilishicha, 2023-yil 19-iyul kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Ko'rfaz arab hamkorlik kengashi va Markaziy Osiyo davlatlari davlat rahbarlarining birinchi tarixiy sammiti bo'lib o'tdi. Mazkur voqea ikki mintaqa o'rtasidagi munosabatlarda yangi bosqichni boshlab berdi.

Bu ikki tomonlama hamkorlikning ko'p tomonlama formatga o'tganini ko'rsatadi. Bu jarayon mintaqalar o'rtasidagi munosabatlarda yangi sahifa ochgan "KADHK – Markaziy Osiyo" tarixiy birinchi sammiti bilan yakunlandi.

Shuningdek, birinchi sammitning eng muhim natijasi 2023-2027-yillarga mo'ljallangan KADHK va Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasida qo'shma harakatlar rejasining qabul qilinishi bo'lgani qayd etilgan.

2025 yil may oyida O'zbekistonda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan Ikkinchi "KADHK – Markaziy Osiyo" ikkinchi sammitiga faol tayyorgarlik boshlandi. Sammit o'tkaziladigan joy sifatida Markaziy Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan biri, boy tarix va madaniy merosga ega Samarqandning tanlangani ramziy ma'noga ega.

Qayd etilishicha, ikkinchi sammitga tayyorgarlik birinchi sammitda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish va bo'lajak sammit kun tartibini shakllantirishga qaratilgan qator muhim tadbirlarni o'z ichiga oladi.

"Samarqandda bo'lib o'tadigan sammitdan kutilayotgan natijalar ikki mintaqa o'rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishni belgilab beruvchi yangi strategik hujjatlarni qabul qilish, qator qo'shma loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish, o'zaro hamkorlikning institutsional asoslarini mustahkamlashdan iborat. Raqamlashtirish, innovatsiyalar, sun'iy intellekt, barqaror iqtisodiyot va intellektual qishloq xo'jaligi masalalariga alohida e'tibor qaratiladi", – deyilgan maqolada.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish