O'zbekistonda "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" iqtisodiy forumi bo'lib o'tadi
May 21, 2025. 19:36 • 32 soniya
• 85
OSTONA, 21-may. /"Dunyo" AA/. Joriy yilning noyabr oyida O'zbekistonda "Markaziy Osiyo-Yevropa Ittifoqi" iqtisodiy forumi va investorlar forumi bo'lib o'tadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Kazinform" xalqaro axborot agentligi ma'lumotiga ko'ra, bu haqda Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi elchisi Toyvo Klaar ma'lum qilgan.
Toyvo Klaarning aytishicha, noyabr oyida Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi davlatlari o'rtasida iqtisodiyot va sarmoyaviy forum o'tkazishni rejalashtirganmiz. Unda tadbirkorlik sohasidagi mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.
Eslatib o'tamiz, Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o'rtasida iqtisodiyot va sarmoyaga bag'ishlangan birinchi forum Qirg'izistonda, ikkinchisi esa Qozog'istonda bo'lib o'tgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida