Pokiston OAV: O'zbekistonning 2024 yildagi Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan o'zaro tovar aylanmasi 2,6 milliard dollarni tashkil etdi
May 12, 2025. 16:05 • 2 daq
• 59
ISLOMOBOD, 12-may. /"Dunyo" AA/. Pokiston ommaviy axborot vositalarida O'zbekistonning 2024-yilda Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalari dinamikasiga bag'ishlangan turkum maqolalar e'lon qilindi, debxabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Jumladan, ushbu mamlakatning "Pakistan in the Vorld" jurnali, "Media Today" axborot agentligi, "Daily Big Digit" va "NevsLark" gazetalari, "The AZB", "The Gulf Observer", "The Europe Today" va "Vorld Nevs" onlayn platformalarida O'zbekistonning 2024 yil Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalari dinamikasiga bag'ishlangan "Infografika: O'zbekistonning 2024 yildagi Janubiy Osiyo mamlakatlari bilantashqi savdo aylanmasi"sarlavhali maqola e'lon qilindi.
Pokiston nashrlari so'nggi yillarda O'zbekiston bilan Janubiy Osiyo mamlakatlari o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik sezilarli darajada faollashganini, 2016-2024-yillarda o'zaro savdo hajmi 2,5 barobarga, eksport 2,3 barobarga, import esa 2,9 barobarga oshganini ma'lum qilgan.Qayd etilishicha, birgina 2024-yilda bilan Janubiy Osiyo mamlakatlari tovar aylanmasining umumiy hajmi 2,6 milliard dollarni tashkil etgan.
"O'zbekiston Janubiy Osiyo mamlakatlariga asosan elektroenergiya, neft mahsulotlari, transport xizmatlari, dukkaklilar va un eksport qilib, ulardan farmatsevtika mahsulotlari, mashina va uskunalar, qoramol go'shti, kimyoviy va to'qimachilik mahsulotlar, tayyor kiyim-kechak sotib oladi", – deyilgan nashrlarda.
Pokiston OAV, shuningdek, 2024-yil yakunlariga ko'ra, Afg'oniston, Hindiston va Pokiston O'zbekistonning Janubiy Osiyodagi asosiy 3 ta yirik savdo hamkori bo'lib turgani haqida yozgan.
Qayd etilishicha, O'zbekistonning 2024-yilda Afg'oniston bilan savdosi 1,1 milliard dollarni tashkil etdi. Bu ko'rsatgich mintaqa mamlakatlari bilan umumiy savdo hajmining 41 foiziga teng. Hindiston bilan savdo aylanma hajmi 981 milliondollarga yetgan.
Maqolda O'zbekiston va Pokistonning 2024-yilda savdo munosabatlari ko'rsatkichlari va uning tarkibiga to'g'risida batafsil ma'lumotlaro'quvchilar e'tiborigataqdim etilgan.
"O'zbekistondan Pokistonga eksportning asosiy pozitsiyalarini oziq-ovqatsanoat, xizmatlar, to'qimachilik xomashyosi, ipak va kimyo mahsulotlari, importni esa kimyo, oziq-ovqat, to'qimachilik mahsulotlari, qimmatbaho bo'lmagan metallardan tayyorlangan buyumlar, mashina va uskunalar, transport xizmatlari tashkil etmoqda", – deb yozgan PokistonOAV.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida