Logo

Vengriyaning Debretsen shahridagi yurtdoshlarimiz uchun sayyor konsullik qabuli tashkil etildi

Aprel 28, 2025. 18:59 • 37 soniya

131
Vengriyaning Debretsen shahridagi yurtdoshlarimiz uchun sayyor konsullik qabuli tashkil etildi

DEBRETSEN, 28-aprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston diplomatlari tomonidan Vengriyaning Debretsen shahridagi vatandoshlar uchun sayyor konsullik qabuli tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Sayyor qabul chog'ida Debretsen shahrida vaqtincha ishlayotgan O'zbekiston fuqarolarining yashash sharoitlari va ish joylari o'rganildi. Ish vaqtida xavfsizlik qoidalariga amal qilish belgilangan qoidalarga rioya qilish zarurligi qayd etildi.

Vatandoshlarimizning fuqarolik pasportini yangilash, haydovchilik guvohnomasi uchun ma'lumotnoma olish va boshqa mavzularga doir murojaatlari o'rnatilgan tartibda hal etildi. Shuningdek, yurtdoshlarimizga qiyin vaziyatga tushib qolgan taqdirda elchixona konsullik bo'limiga murojaat qilish va onlayn konsullik xizmatlaridan foydalanish tartiblari tushuntirildi.

Muloqot chog'ida Vengriyadagi o'zbekistonliklar o'rtasida futbol bo'yicha "Elchixona kubogi" turnirini o'tkazish taklifi qo'llab-quvvatlandi.

Sayyor qabuldan so'ng, Debretsen shahrida tahsil olayotgan hamyurtlarimiz o'rtasida futbol musobaqasi tashkil etildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish