Logo

O'zbekiston Prezidentining Vengriyaga davom etayotgan rasmiy tashrifi Xitoy ommaviy axborot vositalari diqqat markazida

May 21, 2025. 17:39 • 2 daq

82
O'zbekiston Prezidentining Vengriyaga davom etayotgan rasmiy tashrifi Xitoy ommaviy axborot vositalari diqqat markazida

PEKIN, 21-may. /Dunyo"AA/. Xitoyning mashhur "Lookwe" elektron nashrida O'zbekiston Prezidentining Vengriyaga rasmiy tashrifiga bag'ishlangan maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-21-may kunlari rasmiy tashrif bilan Vengriyada bo'lib turgani, u yerda Turkiy davlatlar tashkilotining Budapeshtda bo'lib o'tadigan norasmiy sammitida ham ishtirok etishi ta'kidlangan.

"O'zbekiston-Vengriya munosabatlari yetuk, muvozanatli va ko'p qirrali hamkorlik namunalarini namoyish etmoqda. Ular geografiya va tarixiy tafovutlar strategik fikrlash, o'zaro tushunish va kelajakka e'tiborga asoslangan mustahkam hamkorlikni yo'lga qo'yishga to'sqinlik qilmasligini tasdiqlaydi. Hozirgi dinamikani inobatga olgan holda ishonch bilan aytish mumkinki, O'zbekiston va Vengriya hamkorlikning yangi bosqichiga qadam qo'ymoqda, bunda o'zaro manfaatlar aniq loyihalar va faol qarorlar qabul qilinadi", – deyiladi maqolada

Qayd etilishicha, Vengriya 2018-yildan buyon kuzatuvchi maqomida bo'lgan Turkiy davlatlar tashkiloti TDT) doirasidagi o'zaro hamkorlik alohida ahamiyatga ega. Bu ishtirok Budapeshtga turkiy tilli davlatlar bilan yaqin aloqalar o'rnatish va mintaqalararo integratsiyaga hissa qo'shish imkonini beradi. TDT doirasidagi hamkorlik O'zbekiston va Vengriyaga transport, energetika, raqamlashtirish, ta'lim va ekologiya sohalarida qo'shma loyihalarni amalga oshirish uchun noyob imkoniyatlarni taqdim etadi, deya qayd etilgan manbada.

Ta'kidlanganidek, global o'zgarishlar va mintaqaviy ittifoqlarning roli ortib borayotgan bir sharoitda Vengriya O'zbekiston tomonidan Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarni chuqurlashtirishga ko'maklashish va shu bilan birga turkiy dunyo tashabbuslarini qo'llab-quvvatlashga qodir hamkor sifatida qaralmoqda.

"Shu munosabat bilan O'zbekiston Prezidentining Vengriyaga rasmiy tashrifi erishilgan kelishuvlarni mustahkamlash va hamkorlikning yangi ufqlarini belgilashga xizmat qiladi. Tashrifning TDT norasmiy sammiti fonida o'tkazilishi muloqotning ishonchli xarakteridan va mamlakatlar o'rtasidagi siyosiy hamohanglik darajasi yuqoriligidan dalolat beradi", – deb yozilgan "Lookwe" maqolasida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish