"TOLO news" AA: O'zbekiston Prezidenti BMTdagi nutqida Afg'onistonda katta iqtisodiy va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish rejalarini ma'lum qildi
Sentabr 24, 2025. 20:58 • 47 soniya
• 111
KOBUL, 24-sentabr. /"Dunyo" AA/. Afg'onistonning "TOLO news" axborot agentligi O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida so'zlagan nutqiga oid maqolani e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada O'zbekiston Prezidentining Afg'oniston muammosini hal qilmasdan turib, global va mintaqaviy xavfsizlikni, barqaror taraqqiyotni ta'minlash mumkin emasligi haqidagi fikrlari yuksak baholangan.
Shuningdek, nashrda davlatimiz rahbarining afg'on xalqining tinch va barqaror hayot sari intilishlarini qo'llab-quvvatlash xalqaro hamjamiyatning birlashgan sa'y-harakatlarini talab qilishi, Afg'onistonning yakkalanishini oldini olish juda muhimligi hamda O'zbekistonning Afg'onistonda yirik iqtisodiy va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish niyatida ekanini haqidagi qarashlari tahsinga sazovor ekanligi ta'kidlangan.
"Biz Afg'onistonda katta iqtisodiy va infratuzilma loyihalarini amalga oshirmoqchimiz. Ushbu mamlakat orqali xalqaro transport va energetika koridorlarini rivojlantirish bo'yicha Tashkilotimizning alohida rezolyutsiyasini qabul qilishni taklif etamiz", – deya davlatimiz rahbari nutqidan iqtibos keltirilgan maqolada.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam