Logo

O'zbekistonning Jakartaga yangi tayinlangan elchisi o'z vazifasini bajarishga kirishdi

Noyabr 04, 2024. 09:46 • 32 soniya

2387
O'zbekistonning Jakartaga yangi tayinlangan elchisi o'z vazifasini bajarishga kirishdi

JAKARTA, 4-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Oybek Eshonov Indoneziya poytaxtiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Diplomat 57 yoshda. U Toshkent davlat universiteti (hozirgi O'zbekiston Milliy universiteti)ning sharqshunoslik fakulteti, shuningdek, davlatimiz rahbari huzuridagi Davlat qurilish akademiyasini tamomlagan.


2008-yildan 2017-yilgacha Isroildagi elchi lavozimida ishlagan. Yangi lavozimga tayinlanganiga qadar TIVning Janubiy Osiyo, Yaqin, O'rta Sharq va Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig'i lavozimida ishlagan.


Fors va ingliz tillarini mukammal biladi.


Oybek Eshonov 2018-2022-yillarda mamlakatimizning Jakartadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan va "O'zavtosanoat" AK boshqaruvi raisi etib tasdiqlangan Ulug'bek Rozukulov o'rniga tayinlandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish