Diplomat Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi
Oktabr 18, 2026. 11:00 • 54 soniya
• 157
TOSHKENT, 18-oktyabr. /“Dunyo” AA/. Farg‘onada viloyat hokimining yangi o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i Islom Madaminov tanishtirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Islom Madaminov mazkur tayinlovga qadar O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi lavozimida ishlagan. U 34 yoshda. Farg‘ona politexnika instituti, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Biznes va boshqaruv oliy maktabi hamda Latviyadagi “ISMA” oliy menejment maktabini tamomlagan.
Muqaddam Rishton tumani hokimining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i, O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida investitsiya menejeri – boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Islom Madaminov 2026-yil iyul oyida O‘zbekistonning Belarusdagi elchisi etib tayinlangan Nuriddin Mamajonov o‘rnida ish boshladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi